Sport | 19:37 / 16.05.2017
10128
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» moliyaviy rekordlarni qayd etishda davom etmoqda

Foto: AFP

Joriy mavsum nihoyasiga yetgach, «Manchester Yunayted» Angliya premer-ligasidagi ishtiroki ortidan taxminan 100-150 million funt sterling ishlab topadi.

Daily Mail nashrining Spreadex moliyaviy tadqiqot markazi bergan ma'lumotlarga tayanib xabar berishicha, klub 1992/1993 yiladan buyon tashkil qilingan premer-liganing barcha davrlarida daromad qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi.

«MYu» shu kunga qadar APLda 870,3 million funt miqdorida foyda qilgan. Buning natijasida 2016/17 yilgi mavsum yakunlangach, «Yunayted» Angliyada milliard funtdan ko‘proq daromad qilgan ilk klubga aylanadi.

Umumiy reytingda «Arsenal» ikkinchi o‘rinda (shu paytga qadar 842,8 million funt) bormoqda, kuchli uchlikdan «Liverpul» ham (815,4) joy olgan.

Kuchli o‘nta eng daromadli jamoalar reytingidan shuningdek «Chelsi» (815,36), «Tottenhem» (750,28), «Manchester Siti» (723,49), «Everton» (700, 26), «Nyukasl» (649,35), «Aston Villa» (649,23) va «Vest Hem» (585,2) jam jamoalari ham o‘rin olgan.

APLda o‘tgan 25 yil davomida 49ta turli jamoa qatnashgan va umumiy hisobda ularning daromadi 14,788 milliard funtni tashkil qilgan.

2015/16 yilgi mavsumda jamoalar jami bo‘lib, 1,64 milliard funt sterling miqdorida mukofot puli olishgan. Bu mavsumda bu summa yanada oshishi ko‘zda tutilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid