15:31 / 16.05.2017
24234

«Real» qarorgohida yana bir mojaro yuzaga kelishi mumkin

«Real» jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Ispaniya Primerasining 37-turida «Sevilya»ga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida zaxiraga olingach, bosh murabbiy Zinedin Zidandan qattiq norozi bo‘ldi. Bu haqda Marca xabar tarqatmoqda.

Morata «qaymoqranglilar» safida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan, 61-daqiqadan uning o‘rniga Lukas Vaskes o‘yinni davom ettirgandi. Maydondan chiqib ketish vaqtida Alvaro Zidanning o‘ziga uzatgan qo‘liga e'tibor bermadi va norozilik so‘zlarini aytdi.

O‘yinning bu vaqtida «Sevilya» bir javob goli urgan va hisob qaltis edi - 2:1. Uchrashuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Alvaro Morata joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 25 uchrashuvda maydonga tushdi (shundan 14tasi boshlang‘ich tarkibda) va 15 gol urib, 4ta golga uzatma berdi.

Bundan avvalroq ushbu futbolchiga «Atletiko», «Arsenal» va «Chelsi» kabi jamoalardan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid
Top