Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:45 / 16.05.2017
7425
1 daqiqa o‘qiladi
Suriya-Iordaniya chegarasida kuchli portlash yuz berdi, qurbonlar bor
Foto: Jacob Simkin ZUMAPRESS.com/Globallookpress
Suriya-Iordaniya chegarasi yaqinida joylashgan suriyalik qochqinlarning Ar-Rukban lageri yonida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda arab OAVga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Suriya ozod armiyasiga tegishli o‘tkazish punkti yonginasida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan.
Fojianing qolgan tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu lagerda 75 minggacha qochqin joylashgan bo‘lishi mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish