Fan-texnika | 20:28 / 16.05.2017
8601
1 daqiqa o‘qiladi

Yulduzning minimal massasini aniqlash imkoni paydo bo‘ldi

Foto: NASA / JPL-Caltech

Amerikalik astrofiziklar yulduzning minimal massasini baholashdi. New Scientist tadqiqot haqidagi qisqa ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Olimlarning baholariga ko‘ra, Quyoshdan 15 karra yengil  (yoki Yupiterdan 70 karra og‘ir) obektlar trillion yillar yoritish va yulduz deb hisoblanish uchun yetarli energiya ishlab chiqara oladi. 

Bunday yorituvchilar qa'rida avvalgidek termoyadroviy reaksiyalar kechadi, bu ularni jigarrang mitti osmon jismlari - yulduzlar va sayyoralarning oraliq masofasida  joylashgan osmon jismlaridan ajratib turadi.

Astrofiziklar 37 qizil va jigarrang mitti osmon jismlari (eng yengil va xira yulduzlar)ning massasini o‘lchab, shunday xulosaga kelishdi. Bu yulduzning minimal massasi chegarasini belgilash imkonini berdi. Ta'kidlash joizki, minimal massa avvalgi taxminlardan kam bo‘lib chiqdi. 

Mavzuga oid