Jamiyat | 13:33 / 16.05.2017
6788
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari rivojiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuzasidan maqolalar qabul qilinadi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 yanvardagi 126-F-sonli Farmoyishining 1-ilovasiga muvofiq 2017 yilning 18 noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Anjumanning maqsadi va vazifalari:

  • Xitoyshunoslikning filologiya, falsafa, tarix, iqtisodiyot, sotsiolingvistik, lingvomadaniy, tarjimashunoslik bo‘yicha ilmiy muammolar yuzasidan fikr almashish;
  • O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi va XXR aloqalarining ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy o‘rganish va amaliy takliflar ishlab chiqish;
  • Xitoyshunoslikda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Yosh olimlarning malakasini oshirish;
  • Xitoyshunoslikning dolzarb masalalariga oid hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy mavzularni aniqlab, xalqaro miqyosdagi yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi va XXRdagi fan va ta'lim tizimidagi ilg‘or tajribalar, innovatsiyalar bo‘yicha yangi ma'lumotlarga ega bo‘lish.

 

Konferentsiya quyidagi sho‘'balarda ish yuritadi:

1. Filologiya va metodika;

2. Tarix, falsafa, matnshunoslik va manbashunoslik;

3. Ta'lim va madaniyat;

4. Iqtisodiyot.

 

Konferentsiya materiallari quyidagi mavzularni qamrab oladi:

• Hozirgi xitoy tili va tilshunosligiga oid ilmiy va amaliy masalalar;

•  Xitoy tilini o‘qitishning zamonaviy metodikalari;

• Lingvomadaniy va sotsiolingvistik aspektlar tadqiqi bugungi holati va istiqboli;

• Globalizatsiya sharoitida xitoy tilini o‘rganish hamda tadqiq etish yo‘nalishlari;

• O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqboli;

• O‘zbekiston-Xitoy savdo va iqtisodiy aloqalari: tajriba va muammolar;

• Xitoy investitsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilish masalalari: loyihalar, muammolar, rejalar;

• Markaziy Osiyo xalqlari tarixining xitoy manbalari asosida yoritilishi;

• Konfutsiy ta'limoti va hozirgi zamon;

• Xitoy falsafasi masalalari;

• O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini xitoy tiliga va Xitoy mumtoz adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish masalalari;

• XXRdagi iqtisodiy jarayonlarning xalqaro, shu jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta'siri;

• O‘zbekiston Respublikasi va XXR madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorligi masalalari.

Konferentsiya materiallari alohida to‘plamda chop etiladi.

Maqolalar matni 7-10 bet hajmda elektron va bosma ravishda, ikki nusxada jo‘natilishi lozim. Maqola matni Microsoft Word dasturida, Times New Roman  (o‘zbek, rus, ingliz yoki xitoy tilida), shrifti 14 kegel kattaligida; 1,5 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqoridan va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holatda rasmiylashtirilishi lozim. Maqola mavzusi bosh harflarda ko‘rsatiladi, undan ikki qator pastda muallifning ismi-sharifi bosh harflari va familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyining to‘liq nomi ko‘rsatiladi, undan 2 interval tashlab matn keltiriladi. Matn bo‘yicha iqtiboslar maqolaning oxirida beriladi.

Matn ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi lozim.

Barcha talablarga javob bergan ilmiy maqolalar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritiladi va nashr etiladi. Konferentsiya materiallari to‘plami konferensiya o‘tkaziladigan kuni ishtirokchilarga tarqatiladi.

Maqolalar matniga taqriz berilmaydi va topshirilgan maqolalar qaytarilmaydi.

Maqolalarni qabul qilish muddati – 2017 yil 1oktabrgacha.

Kechiktirilgan va talablar bo‘yicha tayyorlanmagan maqolalar qabul qilinmaydi.

Mualliflardan konferensiyada ishtirok etish va maqola nashri uchun haq olinmaydi. Kelib-ketish va mehmonxona xarajatlari tashkiliy qo‘mita tomonidan qoplanmaydi.

Maqola matnini quyidagi manzilga yetkazishingizni so‘raymiz: 100060, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 25-uy, TDShI Xitoyshunoslik fakulteti.

Telefonlar: (+99871) 233-13-00, (+99871) 236-16-93, (+99897)710-50-33.

e-mail: [email protected]; [email protected]

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid