Özbekistonda uç-tört kun ketma-ket bir neça marotaba zilzila sodir bölgani sezildi. Bu odamlarda vahima uyğotdi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda har xil şov-şuv kötarildi. Ular orasida «Kuçli zilzilalar oldidan şunday tez-tez yer silkinişlari böladi», «Bu bekorga emas, yuqori balli zilzilaga işora», qabilida fikr bildiruvçilar ham yöq emas. Xöş, bu gaplarda qançalik haqiqat, asos bor? Qisqa muddatda ketma-ket yuz bergan yer silkinişlarining xavfi qay darajada?

“Oila davrasida” naşri muxbiri uşbu savollarga aniqlik kiritiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi Ulfat Nurmatovga murojaat qildi.

— Markaziy Osiyo hududida zilzilalar doim bölib turadi, — deydi Ulfat Nurmatov. — Çunki mintaqamizda zilzila öçoqlari mavjudligi aniqlangan. Ular ma'lum bir davrlarda faollaşib turadi. Hududimizda bölayotgan tektonik harakatlar tufayli har hafta örtaça 10-15 marta kuçsiz yer silkinişlari yuz beradi. Bu odatiy hol. Ya'ni, zilzilalar davriylik kasb etadi.

Markaziy Osiyo hududida Tojikiston, Qirğiziston hududlari, asosan, Pomir va Tyan-Şan toğlari tutaşgan, tektonik plitalar töqnaşgan joylarda zilzila kuçi yuqoriroq böladi. Özbekistonda esa Rixter şkalasi böyiça 6,5 ballgaça zilzilalar sodir bölişi mumkin. Çunki kuçi undan yuqori yer silkinişlari yuz berişi uçun tabiiy şaroit mavjud emas. 
Keyingi uç-tört kun orasida ketma-ket yuz bergan kuçsiz zilzilalar haqida vahima kötarişga heç qanday asos yöq. Yurtdoşlarimiz quruq uydirma gaplarga emas, aniq ilm-fanga asoslangani ma'qul.

Bir gapni qöşimça sifatida aytişim mumkin: yurtimizning qayerida, eng yuqori neça ballgaça yer silkinişi mumkinligi oldindan aniqlangan. 

Seysmik tumanlaştirilgan xarita tuzilgan. Şu bois mamlakatimizda bino va inşootlar qurilişi ana şu xarita asosida, zilzilaga bardoşli qilib barpo etiladi. Biroq zilzila qaçon, qança kuçlanişli bölişi juda köp omillarga boğliq bölgani uçun bu borada yuz foizli aniq gap aytiş muşkul. Ilmiy izlanişlar bu masalaning tagiga töliq yetgani yöq. Lekin sodir bölişi mumkin bölgan yer silkinişlarining joyi va kuçini biliş  masalasi nisbatan yuqori aniqlikda hal qilingan.