Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘izistonga 100 million dollar ajratishga qaror qildi
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi “Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi sharoitlarida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish haqidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tasdiqladi, deb xabar bermoqda TASS.
“Bitimga ko‘ra, Qozog‘iston Qirg‘iziston Respublikasiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiya jarayonida ko‘mak berish maqsadida 100 million AQSh dollarilik yordam ko‘rsatadi”, - deya ma'lum qildi Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov.
Uning ta'kidlashicha, yordam Qirg‘izistonning YeOIIga qo‘shilishi bo‘yicha “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
“Xususan, YeOII bojxona chegarasining qirg‘iz qismidagi bojxona infratuzilmasini yaxshilash, Qirg‘iziston Respublikasi sanitariya, veterinariya va fitosanitar tizimini YeOII talablariga mos keltirish bo‘yicha harakatlarga yo‘naltirildi”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, yordam bosqichma-bosqich, texnik ko‘mak to‘g‘risidagi alohida hukumatlararo bayonnomalarga muvofiq taqdim etiladi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026