Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “WannaCry” virusi tarqalmaganiga nima sabab bo‘ldi?
Foto: aljazeera.com
Ma'lumki, 12 maydan dunyoning ko‘plab davlatlarida kompyuterlarning “WannaCry” va uning takomillashtirilgan ko‘rinishidagi tamagir viruslar bilan zararlanish holatlari kuzatildi. Virusning ishlash mohiyati shundan iboratki, u Windows dasturiy ta'minotining yangilanishlaridan kompyuter tizimiga kirib oladi va undagi barcha fayllar hamda ma'lumotlarni bloklaydi. Mazkur bloklashni bekor qilish uchun esa, xakerlar guruhi qisqa muddat ichida 300 bitkoin miqdorida tovon puli to‘lashni talab qilishadi.
2017 yil 17 may kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida shu kabi tamagir viruslarning O‘zbekistondagi kompyuterlarga naqadar salbiy ta'sir etgani yoki davlat idoralari kompyuterlarining necha foizi virus bilan zararlangani yoxud yo‘qligiga oydinlik kiritildi.
Oshkoralik tamoyilida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, qanchalik afsuslanarli bo‘lmasin, O‘zbekistondagi aksar kompyuterlarda Windows dasturiy ta'minotlarining noqonuniy nusxalaridan foydalanilishi va ularning internet orqali yangilanib turilmasligi g‘arazli virus tarqalishining oldini olgan.

Mavzuga oid
17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi
14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi
09:05 / 15.03.2024