Toşkentda bölib ötgan «Xalqaro hamkorlik taşabbuslari haftaligi» doirasida raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov jurnalistlarning Özbekistonda YouTube monetizatsiyasiga qöyilgan çeklov qaçon olib taşlanişiga oid savoliga javob berdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.
Qayd etilişiça, Şermatov özbek yutuberlariga ingliz tilida kontent qilişni tavsiya etgan.
“Mening tavsiyam — YouTube’da köproq çetga işlaşga harakat qiliş kerak. Çunki monetizatsiyaning ingliz tilidagi kontenti juda katta. Masalan, Marğilonga borganimda Inha universitetini bitirgan talabamizni körib qolgandim. U özining YouTube kanalida 3D printerlar renderini «obzor» qilib beradi. Bir kanaliga kirib köring, «rils»lari 30 million martalab körilgan. Çunki ingliz tilidagi auditoriya juda katta. Şuning orqasidan oyiga örtaça 5 ming dollar daromad topyapti. Siz özbekça kontent qilib qança daromad topa olasiz-u, inglizça kontent tayyorlab qança daromad topasiz? Şuning uçun tayyor işlab turgan monetizatsiya mexanizmidan köproq foydalaniş kerak”, — degan u.
Vazir Özbekistonda monetizatsiyadagi çeklov qaçon olib taşlanişi YouTube kompaniyasi bilan boğliqligini, kompaniya öz rejasiga köra harakat qilişini bildirgan.
2023 yil martida Komil Allamjonov AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Henik bilan uçraşuvda mamlakatda YouTube monetizatsiyasini tiklaş borasida fikr almaşganini qayd etgandi. «Köplab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining çeklanişi yuzasidan murojaatlar kelib tuşgan edi. Şu bois uçraşuvda elçi janoblari bilan uşbu kompaniya vakillari bilan uçraşuv taşkil etiş va vaziyatni örganiş böyiça kelişib oldik», — degandi Allamjonov.

















