Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti iqtisodiyotdagi favqulodda holatni 7-marta uzaytirdi
Foto: RIA
Venesuela hukumati mamlakat iqtisodiyotidagi favqulodda holat tartibini 13 maydan e'tiboran yana 60 kun muddatga uzaytirdi. Bu haqda prezident Nikolas Maduroning Gaceta Oficial gazetasida chop etilgan farmonida so‘z yuritilgan.
Shu bilan 2016 yil yanvaridan iqtisodiyotda joriy qilingan favqulodda holatning yettinchi marotaba uzaytirilishidir. Ushbu instrument prezidentga Venesuela aholisining huquqlarini himoya qilish va mamlakatdagi tartibni saqlash uchun zaruriy choralar ko‘rish imkonini beradi. Hujjat, shuningdek, zarurat bo‘lib qolganda mamlakat fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini vaqtincha cheklashni nazarda tutadi.
Iqtisodiyotdagi favqulodda holat aprel oyi boshidan beri ommaviy noroziliklar davom etayotgan bir vaqtda uzaytirildi. Norozilik namoyishlari Oliy sudning muxolifatdagi Milliy assambleya vakolatlarini jiddiy cheklash xususidagi qaroridan so‘ng boshlanib ketdi. Sud, keyinchalik, o‘z qarorini bekor qildi, ammo muxolifat tarafdorlari sudning barcha a'zolari iste'foga chiqishini va navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni talab qilishmoqda. Namoyishlar boshlanganidan buyon kamida 43 nafar kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026
O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi
11:48 / 19.03.2026
Maduroning safdoshi Venesuela Mudofaa vazirligini boshqarishdan chetlatildi
11:56 / 15.03.2026