20:59 / 18.05.2017
5631

Simulyatsiya qildingmi? Ikki o‘yinga tushmaysan! APLda yangi qoida

Foto: twitter.com/@Squawka

Angliya futbol uyushmasi (FA) o‘yinlardagi simulyatsiyalar borasida yangi qaror chiqardi.

Unga ko‘ra, keyingi mavsumdan boshlab sobiq hakam, sobiq murabbiy va sobiq futbolchidan tuzilgan maxsus komissiya APL o‘yinlarida ishlatilgan simulyatsiyalarni ko‘rib chiqadi. Ular o‘yinning muhim pallalarida (penalti va o‘yinchining maydondan chetlatilishi) ishlatilgan simulyatsiyalarni o‘rganadi.

Xulosalarga ko‘ra, o‘yindan keyin futbolchilarga diskvalifikatsiya qo‘llanadi, komissiya futbolchini simulyatsiya ishlatgan deb topsa, u 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi. Shuningdek, raqib simulyatsiyasi tufayli o‘yindan chetlatilgan futbolchilar olgan kartochkalari borasida arz qilishlari mumkin bo‘ladi.

Top