Sport | 19:40 / 18.05.2017
65186
2 daqiqa o‘qiladi

Boku-2017. O‘zbekistonlik uchinchi bokschi ham finalda g‘alaba qozondi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bokuda «Islom birdamlik o‘yinlari»ning 18 may kungi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar vakili sportning 5 turida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Boks terma jamoasining finalga chiqqan uchinchi vakili ham oltin medalga ega bo‘ldi.

– 69 kg vazn toifasida mezbonlar vakili Tamerlan Abdullayevga qarshi ringga ko‘tarilgan Bobo-Usmon Boturov to‘la ustunlikka erishdi. U hakamlar qaroriga ko‘ra 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

Bungacha – 56 kg vazn toifasida Abdulhay Shorahmatov hamda – 64 kg vazn toifasida Aliyor Noraliyev o‘z janglarida g‘olib chiqib, oltin medal olgandi.

Bokschilar terma jamoasi bungacha ikkita bronza medal olgandi.

– 49 kilogrammgacha vaznda Mironshoh Ibrohimov yarim finalda suriyalik Xussin al-Masriyga 1:4 hisobida yutqazgandi.

– 52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Abrorjon Qodirov yarim finalda marokashlik Abdulali Daraaga 1:4 hisobida yengildi va bronza medali bilan cheklandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston boks terma jamoasi Bokuga 9 nafar bokschi bilan jo‘nab ketgandi. Ularning 4 nafari: Ulug‘bek Do‘stmurodov (-60 kg), Mahmud G‘oipov (-75 kg), Madiyor Saidrahimov (-81 kg) va Sardor Begaliyev (-91 kg) medallar uchun kurashdan chiqib ketgandi.

Mavzuga oid