Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya adliya vaziriga Chiliga kirish taqiqlandi
Boliviya prezidenti Evo Morales 17 may kuni Chili hukumati Boliviyaning adliya vaziri Ektor Arsega Chiliga kirishni taqiqlaganini ma'lum qildi.
Vazir Chiliga Ikike shahrida mahsulotlar ortilgan yuk mashinasini o‘g‘irlash aybi bilan qo‘lga olingan 9 boliviyalik harbiyning ishi bo‘yicha 25 may kunidagi jarayonda qatnashish uchun kelmoqchi edi. Avvalroq Chili hukumati Boliviyaning mudofaa vaziri Reymi Ferreyrega ham kirishni taqiqlagandi.
"Ular mudofaa vaziri, parlament palatalari rahbarlariga, endi esa adliya vaziriga viza berishni rad etishdi, bu adolatsizlikdir, dunyo buni diktaturalardan ham yomonroq ekanligini bilsin", deb yozdi Morales tvitterda.
Ikki davlat o‘rtasidagi ixtilof Chili politsiyasi tomondan mart oyida boliviyalik harbiylar qo‘lga olingandan keyin avj olgan. Chili bu harbiylarni Chilida mahsulotlar ortilgan yuk mashinasini o‘g‘irlashda ayblamoqda, Boliviya esa ular milliy hududda bo‘lishgani va kontrabandaga qarshi kurash olib borishganini ta'kidlamoqda. Boliviya mudofaa vazirligi bu voqeani odam o‘g‘irlashdek baholagan va boliviyaliklarni Chilida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilmaslikka chaqirgan. Vazir Ferreyra esa Chilining amaldagi hukumati tuzumini diktator Augusto Pinochet vaqtidagidan ham yomonroq deb aytgan.
Mavzuga oid
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
07:20 / 06.12.2025