Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Giyohvand moddalarni yirik miqdorda sotganlar qo‘lga olindi

Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, shaharda yirik miqdorda giyohvand moddalar sotuvchi og‘ufurushlar faoliyatiga chek qo‘yilgan. IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilning 12 may kuni Toshkent IIBB xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro Mira'zam Qo‘chqorov boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv natijasida avtomashina salonidan 20ta gugurt qutisiga joylashtirilgan jami vazni 53,81 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Qo‘chqorov mazkur giyohvandlik moddasini fuqaro Shuhrat Sufitdinovdan sotib olganligi aniqlanib, Sufitdinovning yashash manzilida tintuv o‘tkazilgan. Buning natijasida 702 gramm «marixuana» giyohvandlik vositasi hamda 5 mln 150 ming so‘m miqdoridagi naqd pullar daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 273-moddasi 5-qismi, ya'ni “taqiqlangan ekinlarni yetishtirish” va “giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish” alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda fuqarolar Qo‘chqorov va Sufitdinovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi ko‘rilgan.
Mavzuga oid
09:55 / 17.07.2026
Navoiyda IIB tergovchisi pora olishda qo‘lga tushdi
14:42 / 16.06.2026
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
17:31 / 12.06.2026