YHXB xodimlari rasmiylashtirgan qoidabuzarliklar 3 mingtaga kamaydi
Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish maqsadida 12-18 may kunlari o‘tkazilgan tadbirlar natijasida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 17 ming 560ta qoidabuzarlikni rasmiylashtirishgan. Chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 8 ming 78 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Hafta davomida 22ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, halok bo‘lganlar 5 nafarni, jarohatlanganlar 17 nafarni tashkil etgan.
2016 yilning shu davrida jami 34ta YTH yuz bergan, 5 nafari halok bo‘lgan, 48 kishi tan jarohati olgan.
2017 yilning 15 mart kunidan videokuzatuv kameralari o‘rnatilganidan buyon 198ta YTX sodir bo‘lgan, ushbu hodisalar natijasida 27 nafar odam halok bo‘lgan, 225 nafari jarohatlangan. Toshkent IIBBda tashkil etilgan brifingda ta'kidlanishicha, o‘tgan yilga nisbatan yo‘l-transport hodisalari 91taga, unda jarohatlanganlar soni 117 nafarga, vafot etganlar soni esa 20 kishiga kamaygan.
Shu bilan birga, 2017 yil 16 maydan e'tiboran kameralar vositasida qoidabuzarligi qayd etilib, belgilangan jarimani to‘lamay yurganlarga nisbatan avtomobillari jarima maydoniga olib qo‘yish choralari ko‘rilishi aytilgan edi. IIBB rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozircha, jarima to‘lamasdan ortga surib yurgan haydovchilar va shu sababli ularning mashinalarini maxsus turargohlarga joylash holati mavjud emas.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
19:25 / 02.12.2024