Hujjatga muvofiq, uç oy muddatda amaldagi qonunçilikka tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflar işlab çiqilişi belgilangan. Ular orasida biometrik pasport, ID-karta va yaşaş guvohnomasini yöqotiş holatlarida ma’muriy javobgarlikni qayta körib çiqiş masalasi ham bor.
Qarorda ta’kidlanişiça, takliflar fuqarolarning hujjatlarini qayta rasmiylaştiriş tartibini soddalaştiriş va davlat xizmatlarini yanada qulaylaştirişga qaratilgan.
Şuningdek, hujjatda davlat xizmatlarini raqamlaştiriş, ID-karta va boşqa şaxsni tasdiqlovçi hujjatlardagi ma’lumotlar özgarganda ularni avtomatik yangilaş, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yangi xizmatlarni joriy etiş kabi çora-tadbirlar ham belgilangan.
Bundan taşqari, qaror doirasida köçmas mulkni davlat röyxatidan ötkaziş, notarial xizmatlar, elektron davlat xizmatlari va reklama sohasidagi huquqiy tartib-taomillarni takomillaştirişga qaratilgan qator yangiliklarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.

















