Misr hukumati aholi soni ortib ketayotganidan bezovta
Misr hukumati tug‘ilish darajasini nazorat qilish bo‘yicha dasturni o‘rganib chiqishga kirishdi. Bu haqda arab respublikasi prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy chorshanba kuni mamlakatning yetakchi OAVga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Hukumat aholi soni ortishini nazorat qilish uchun dastur, tadqiqotlar va qonunlarni o‘rganib chiqishni boshladi. Bu holat har yili yangi tug‘ilganlar soni ikki yarim million kishiga yetgani tufayli ro‘y berdi», - deya Misr rahbari so‘zlarini keltiradi «Al-Axbor» portali.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, «aholi sonining bunday o‘sish sur'ati Xitoydan ham uch barobarga ko‘p».
Avvalroq Misr bosh vaziri Sharif Ismoil oilalarni iqtisodiy inqirozdan o‘tib olish uchun ikki nafar farzand bilan cheklanishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 2011 yildagi inqilobdan so‘ng duch kelgan eng katta muammolardan biri, qishloq xo‘jaligi yerlari miqdorining cheklangani holatida aholi o‘sish sur'ati ortganida. Bu, Ismoilning ta'kidlashicha, «mamlakat byudjyetiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda hamda oziq-ovqatga bo‘lgan talabni kamaytirish uchun import hajmini oshirishga sabab bo‘lmoqda».
Misr safarbarlik milliy agentligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda mamlakat aholisi soni 93 million kishiga teng.
Mavzuga oid
14:21 / 27.12.2024
1 yanvardan aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi
20:10 / 25.12.2024
O‘zbekiston uchun sinov: Aholi ko‘payishi bilan inson kapitali ham o‘sishi kerak
15:10 / 19.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi
08:10 / 10.12.2024