Özbekistonda aholini röyxatga oliş natijasida mamlakatda doimiy yaşovçilar soni joriy demografik hisobdan 810 ming kişiga köproqligi ma’lum böldi.
Kun.uz hisob-kitoblariga köra, şundan 602 ming kişilik farq – birgina Toşkent viloyatiga töğri kelgan.
2026 yil boşida viloyat aholisi 3,2 millionga yaqin deb hisoblangan bölsa, röyxatga oliş natijasida bu hududda qariyb 3,8 million kişi doimiy yaşaşi oydinlaşdi.
Şu tariqa, Toşkent viloyati 14 ta hudud orasida aholi soni böyiça 7-örindan 3-öringa kötarildi.

Röyxatga oliş natijasida 5 ta hududda – Namangan, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida aholi soni rasmiy statistikaga nisbatan kamroq çiqdi.
7 ta hududda rasmiy statistika va röyxatga oliş natijasida aniqlangan aholi soni örtasidagi farq 1 foizga yetmagan. Ya’ni 14 ta hududning teng yarmida aholi soni böyiça uzoq yillik statistik xatolik darajasi 1 foizdan kamroq bölgan. Xususan, Buxoro viloyati böyiça farq 0,1 foizni taşkil etmoqda.
Izoh: mazkur materialda (şu jumladan, röyxatga olişning dastlabki natijalari böyiça Statqöm materiallarida ham) 2026 yil 1 yanvar holati böyiça demografik statistika va 2026 yil yanvar-fevral oylarida ötkazilgan aholini röyxatga oliş natijalari özaro taqqoslangan, ya’ni taqqoslanayotgan davrlarda kiçik bölsa-da tafovut bor.
810 ming kişilik farq qayerdan kelib çiqqan?
Milliy statistika qömitasi izohiga köra, Özbekistonda doimiy yaşovçi sifatida röyxatga olingan odamlar soni demografik statistikadan farqli çiqqani quyidagi omillar bilan boğliq:
joriy hisob-kitoblar odatda tuğiliş, ölim va migratsiya böyiça ma’muriy ma’lumotlar asosida yuritiladi;
aholining içki harakati, yaşaş joyini özgartirişi, vaqtinça boşqa hududda bölişi yoki röyxat ma’lumotlarining öz vaqtida yangilanmasligi hisob-kitoblarda farq keltirib çiqarişi mumkin;








