18:06 / 18.05.2017
17007

OAV konservatorlar Trampning o‘rniga kimni tanlashganidan xabar topdi

Foto: © RIA Novosti

Amerikalik konservatorlar AQSh prezidenti lavozimini Donald Tramp emas, vitse-prezident Mayk Pens egallashi kerakligi haqida jiddiy o‘ylashmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar tarqatdi.

Trampning oxirgi vaqtlarda FQB rahbari iste'fosi va o‘zining Rossiyaga maxfiy ma'lumotlarni taqdim etgani bilan bog‘liq mojarolar girdobida qolishi respublikachilarda uni iste'foga jo‘natish fikrlarini paydo qilmoqda.

Maqolada yozilishicha, respublikachilar Trampni himoya qilishdan charchashgan va uning davlatni boshqarishga qodirligidan shubhalana boshlashdi.

Vashingtonda ko‘pchilik Oq uydagi Oval kabinetda Tramp emas, Pens o‘tirishi kerakligi haqida ochiq gapirmoqda.

Respublikachilar partiyasidagi lobbistlar vitse-prezidentni "Oq uydagi barqarorlikni ta'minlab turgan shaxs" sifatida biladi. Lekin hech kim hokimiyatni Trampdan Pensga olib berish silliq kechadi deb o‘ylayotgani yo‘q. Agar Trampga impichment e'lon qilinsa, Pens hukumatni konstitutsiyaviy inqiroz holatida qabul qilib oladi.

Ayni kundagi mojarolar fonida Demokratlar partiyasi vakillari Trampga impichment e'lon qilishga chaqirmoqda. Amerika konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident impichment orqali lavozimini tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini vitse-prezident egallaydi.

Bundan oldinroq The New York Times nashri Donald Tramp ushbu yilning fevral oyida Komidan milliy xavfsizlik bo‘yicha o‘zining sobiq maslahatchisi Maykl Flinn bo‘yicha tergovni to‘xtatishini so‘ragani haqida yozgan edi. Oq uyda bu xabarni inkor etishdi.

Undan bir kun oldin Washington Post AQSh prezidenti Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuvda IShIDga oid maxfiy razvedka ma'lumotlarini unga berib yuborgani haqida yozdi va bu navbatdagi noroziliklar to‘lqinini keltirib chiqardi.

Mavzuga oid
Top