Sport | 02:03 / 18.05.2017
12612
2 daqiqa o‘qiladi

«Selta»ni yirik hisobda yenggan «Real» chempionlik sari muhim qadam tashladi

Ispaniya chempionatining 21-turida qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «Selta» Madridning «Real» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada uning o‘zi ikkinchi golini kiritib, farqni oshirdi. 62-daqiqada Yago Aspas simulyatsiya ishlatdi deb topildi va ikkinchi sariq evaziga qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. «Selta» bir kishi kam bo‘lishiga qaramay farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq Gvidetttining golidan bir daqiqada o‘tib, Karim Benzemani yana ikkita to‘p farqini qaytargan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda Toni Kroos yirik hisobni yuzaga keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Real» hisobidagi ochkolar soni 90taga yetdi va jamoa «Barselona»ni 3 ochkoga ortda qoldirib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi. So‘nggi turda jamoa «Malaga» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuvda qo‘lga kiritilgan har qanday ochko «Real»ni so‘nggi besh mavsumdagi dastlabki chempionlikni taqdim etadi.

Ispaniya La-ligasi
21-turning qoldirilgan uchrashuvi

Selta – Real Madrid 1:4 (0:1)
Gollar: Gvidetti (69) – Ronaldu (10, 48), Benzema(70), Kroos (88).
Selta: Alvares, Kabral, Kastro, Ronkalya, Malo, Ernandes, Hosabed (Dias, 72), Sisto (Diop, 80), Vass, Gvidetti (Bovyu, 86), Aspas.
Real Madrid: Navas, Marselo, Ramos, Danilo, Varan, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 71), Isko (Vaskes, 84), Benzema, Ronaldu (Asensio, 84).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (30), Aspas (38), Kastro (64), Gvidetti (66), Malo (73), Ernandes (85), Ramos (85).
Chetlatish: Aspas (62, Selta).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid