Shermatov: Toshkent metrosida mobil aloqa va internet paydo bo‘ladi

Toshkent metropolitenida mobil aloqa va shahardagi parklar, dam olish maskanlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida bepul simsiz internet qachon paydo bo‘lishi masalasiga oydinlik kiritildi. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov shu haqda berilgan savolga javob berar ekan, har safar ushbu masala muhokama qilinishi boshlanganida, dunyoning qaysidir nuqtasidagi metro bekatida terrorchilik akti sodir etiladi.
"Shu sababli, fuqarolarning xavfsizlik masalasi kun tartibiga chiqadi. Chunki, portlovchi qurilmalarni mobil telefon vositasida masofadan harakatga keltirish mumkin. Biroq, bu metroda hech qachon mobil va internet aloqa bo‘lmasligini anglatmaydi", — dedi vazir vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov.
Uning ta'kidlashicha, metropoliten rahbariyati bilan bu masaladagi muzokaralar olib borilmoqda, shu bilan birga, bugungi kunda metroda mobil aloqa va internet bo‘lishi zamon talabidir. Shu sababli mazkur loyihani "O‘zbektelekom" AKning sho‘'ba korxonasi “Uzmobile” tomonidan amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Shermatov, shuningdek, mamlakatda jamoat transportining boshqa turlari va umumiy foydalanishdagi jamoat joylari, xususan, parklar, xiyobonlar, yirik savdo majmualari va dam olish maskanlarini bepul wi-fi tarmoqlari bilan ta'minlash borasida amaliy ishlar olib borilayotganini qayd etdi. Ayni vaqtda, uning me'yoriy-huquqiy jihatlari ishlab chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi

18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi

09:05 / 15.03.2024
“Amerikaga qilingan umumiy eksportning yarmidan ko‘pi IT kesimiga to‘g‘ri keladi” – Sherzod Shermatov

12:12 / 05.01.2024