Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 may kuni poytaxtda 5 ta YTH sodir bo‘ldi, 2 nafar shaxs vafot etdi
Illyustrativ foto
2017 yilning 18 may kuni Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 5 nafar shaxs tan jarohati olgan, 2 nafar shaxslar Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlarida vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2017 yilning 18 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3635 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 1141 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 30 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etadi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 18 may kuni jami 1059 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 618 tasini svetaforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 441 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etadi.
Mavzuga oid
09:10
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026