Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati Yunusobod tumanida röy bergan dahşatli yöl-transport hodisasi oqibatlari haqida bir hafta ötib ma’lumot berdi: ikki kişi halok bölib, uç kişi jarohatlangan. 

Uşbu dahşatli YTH 30 iyun kuni soat ertalabki 5:10 atrofida Amir Temur – Boğişamol köçalari çorrahasida sodir etilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Lacetti haydovçisi qayrilmoqçi bölganida öng tomondan öta yuqori tezlikda harakatlangan Zeekr uni aylanib ötib ketgani, ammo şu kabi tezlikda kelgan Kia K5 avtomobili töqnaşuvdan qoçib qutula olmaganini köriş mumkin. 

Töqnaşuv oqibatida Lacetti ikkiga bölinib ketgan.

Oqibatda Lacetti avtomobilidagi ikki kişi halok bölgan. Uç kişi, jumladan, ikki yoş bola oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga köra, Kia va Zeekr avtomobillarini voyaga yetmagan şaxslar boşqargan.

Kia boşqaruvida bölgan maktab öquvçisi maşinani otasidan söramasdan olib çiqib ketganini aytgan va xalqdan uzr söragan.

«Örtoqlarimni çaqirgan edim. Maqsad ozgina maşina haydaş edi. NBU bank tarafidan kelayotgan edim, çorrahada Lacetti yölga çiqib qoldi, tezligim katta bölgani sababli maşinani töxtata olmay qoldim. Qilgan işimdan juda katta afsusdaman. 

Vafot etgan odamlarning qarindoşlaridan uzr sörayman. Ota-onamdan uzr sörayman, bunaqa bölişini xohlamagan edim. Ota-onamning yuzini yerga qaratdim. Xalqimizdan uzr sörayman, qilgan işim uçun uzr sörayman. Men tengi yoşlarga rulga ötirişni maslahat bermayman, yomon narsaga olib kelar ekan», – deydi u.

Uning otasi öğli qonun doirasida jazolanişiga rozi ekanini bildirgan.

«Öğlim maşinaning kalitini olib çiqib ketib, birovning oilasini barbod qildi. Qarindoş-uruğlaridan uzr sörayman, opa-ukalaridan, hammasidan uzr sörayman. Öğlimga ham, nima jazo bölsa, qonun doirasida körişingizga tayyormiz», – degan ota.