Boku-2017, sakkizinchi kun. 5 sportchidan 3 nafari medal oldi, ikki tennischi chorak finalda

Bugun, 19 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning sakkizinchi kungi musobaqalari davom etdi. Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘armasi yana 3ta medal bilan boyidi (1ta kumush va 2ta bronza).
Bugun o‘zbekistonlik 5 sportchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Bugundan erkin kurash vakillari musobaqalarga kirishdi. 57 kg vazn toifasidagi Nodirjon Safarov avvaliga saudiya arabistonilik R. Alamani, keyin turkmanistonlik M.Atayevni mag‘lub etdi. Ammo u yarim finalda qozog‘istonlik Z.Ismoilovga yutqazdi. U bronza uchun bahsda eronlik Sarmastidizajiga qarshi gilamga chiqdi va g‘alaba qozondi.
74 kg vazn toifasidagi Begzod Abdurahmonov esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finaldan boshladi va dastlab eronlik R.Yarahmadiyni yengdi. Yarim finalda esa turkiyalik S.Demirtoshga mag‘lub bo‘ldi va bronza uchun kurashadigan bo‘ldi. Bronza uchun u turkmanistonlik D.O‘razgilijov bilan kuch sinashdi va g‘olib bo‘ldi.
Yengil atletikachilar esa O‘zbekiston uchun yana bir kumush medal olib berdi.
Nayza uloqtirish bahslarida o‘z omadini sinab ko‘rgan Ivan Zaytsev 78,66 metr natijani qayd etdi va kumush medal egasiga aylandi.
Bugun ikki tennischi yakkalik bahslarida ishtirokini davom ettirdi. Saida'lo Saidkarimov saudiya arabistonilik Ammar Alhaqboniyga qarshi kortga chiqib, g‘alaba qozondi (6:3, 6:4) va chorak finalga o‘tdi. Sabina Sharipova ham nimchorakda muvaffaqiyat qozondi, u eronlik G.Pakbatenni 6:2 va 6:0 hisoblarida taslim etdi.
Shu tariqa, bugungi bahslarda yana uchta medal olgan O‘zbekiston delegatsiyasi jami 57 medal bilan (14ta oltin, 15ta kumush va 28ta bronza) 57 davlat orasida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:02
-
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
Jahon | 07:52
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
Mavzuga oid

15:12 / 03.04.2025
Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

17:07 / 02.04.2025
Kaspiy marvaridi – Bokuga fotosayohat

11:40 / 08.02.2025
Kreml Bokudagi Rus uyi yopilishini tasdiqladi

12:38 / 07.02.2025