Jahon | 08:21 / 19.05.2017
5998
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp FQB rahbari lavozimiga asosiy nomzod nomini oshkor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruvlar byurosi direktori lavozimiga asosiy da'vogar Jo Liberman hisoblanishini aytdi. U bu haqda o‘zining kolumbiyalik hamkasbi Xuan Manuel Santos bilan birgalikda bergan matbuot-anjumani davomida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Foto: AP Photo/Pablo Martinez Monsivais

Tramp matbuot-anjuman davomida yaqin orada FQB rahbari lavozimiga asosiy nomzod nomini rasman e'lon qilishini aytgan. Biroq u tafsilotlarga berilmagan hamda Konnektikut shtatidan sobiq senator Liberman haqiqatan ham ushbu lavozimga asosiy nomzod hisoblanishini bilish maqsadida so‘ralgan savolga "ha" deb javob bergan.

Tramp FQB direktori Jyeyms Komini 10 may kuni adliya vaziri, bosh prokuror Jyeff Seshns tavsiyasiga ko‘ra iste'foga jo‘natgandi. Tramp o‘shanda FQBga byuroga nisbatan jamiyat ishonchini qaytara oladigan rahbariyat topish juda muhimligini aytgandi. Oq uyning ma'lum qilishicha, Komi Hillari Klintonga nisbatan ishni yopib o‘z vakolatlarini suiste'mol qilgan.

Mavzuga oid