Jahon | 08:26 / 20.05.2017
6196
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanda vabodan kasallangan odamlar soni 23 mingdan oshib ketdi
Yamanda oxirgi 3 hafta davomida vabodan 242 kishi vafot etgani, 23 mingdan ko‘proq kishi kasallangani qayd qilindi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotida ma'lum qilindi.
JSST keyingi 6 hafta ichida vabodan kasallanganlar soni 200-300 mingga yetishi mumkinligini aytmoqda.
"Bunday raqamlar bilan odamlar hayoti bilan to‘lanadigan haq juda, juda yuqori bo‘ladi", deb aytdi JSSTning Yamandagi vakili Nevio Zagariya.
Tashkilotda Yamandagi ushbu epidemiya o‘z ko‘lami bo‘yicha "misli ko‘rilmagan darajada" ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Mavzuga oid
15:59 / 01.01.2025
AQSh va Britaniya Yaman poytaxti Sanoga 6 marta havo hujumi uyushtirdi
22:15 / 26.12.2024
Isroil aviatsiyasi Yaman poytaxti aeroportiga zarba berdi
15:21 / 26.12.2024
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
15:56 / 22.12.2024