Astana Arlans Patriot Boxing Team jamoasini mag‘lub etib yarim finalga chiqdi
Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi Butunjahon boks seriyasi (WSB) chorak final javob uchrashuvida raqiblarini mag‘lub etib yarim final yo‘llanmasini hal etishdi. Astana Arlans va Patriot Boxing Team jamoalari o‘rtasidagi janglarda 52, 60, 69, 81 va +91 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarilishdi.
Qarag‘anda shahrida bo‘lib uchrashuv 4-1 hisobida qozog‘istonlik bokschilar g‘alabasi bilan yakunlandi. Shunday qilib yakuniy hisob 7:3 ko‘rinishiga keldi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Kemerovo shahrida bo‘lib o‘tgan ilk chorak final bahslarida Astana Arlans Patriot Boxing Team jamoasidan 3:2 hisobida ustun kelgan edi. Endilikda, qozog‘istonliklar yarim finalda British Lionhearts -France Fighting Roosters jamoalari g‘olibi bilan kuch sinashadi.
“Uzbek Tigers” “Cuba Domadores”ga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Video: “Uzbek Tigers”ning “Cuba Domadores”ga qarshi javob janglari
Mavzuga oid
17:17 / 03.05.2018
Uzbek Tigers WSB seriyasidagi ishtirokini yakunladi
13:24 / 08.04.2018
«Uzbek Tigers» keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. O‘zbekistonliklar guruhda peshqadam
23:47 / 07.04.2018
Nokaut! Bahodir Jalolov legioner kubalik bokschini «uxlatdi»
23:39 / 07.04.2018