Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokaut! Bahodir Jalolov legioner kubalik bokschini «uxlatdi»
Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining uchinchi jangi bo‘lib o‘tdi.
+91 kg vazn toifasida «Venezuela Caciques» vakili, kubalik Jordan Ernandes o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovga qarshi ringga ko‘tarildi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jangda hakamlar qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov muddatidan avval g‘alaba qozondi. U ikkinchi raundda kubalik raqibini nokaut holatiga tushirdi.
Bu jangdan so‘ng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 1:4 ko‘rinishini oldi.


Ma'lumot uchun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar O‘zbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay, C2 jamoasidan o‘rin olgan o‘yinlarning rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, C1 jamoasidan o‘rin olgan barcha janglarda Uzbek Tigers bokschilari Termiz shahrida raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq g‘alabaga erishgandi.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025