Butunjahon boks seriyalari (WSB) musobaqasida iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi keça Termizda «Caciques Venezuela» jamoasi S1 va S2 jamoalari ustidan ğalaba qozondi.
S1 guruhi iştirokidagi janglarda «Uzbek Tigers» 5:0 hisobida zafar quçgan bölsa, S2 boksçilari iştirokidagi töqnaşuvlar özbekistonliklarning 4:1 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi. Natijada, Venesuela jamoasi uşbu turnirni tark etgan bölsa, «Uzbek Tigers» jamoasi muddatidan oldin keyingi bosqiç yöllanmasini qölga kiritdi.
Mazkur ğalabalardan söng özbek jamoasi oçkolar sonini 13taga yetkazib, «A» guruhida yetakçiga aylanib oldi. «Cuba Domadores» 12 oçko bilan ikkinçi örinda borayotgan bölsa, «Colombia Heroicos» hisobida 7 oçko bilan uçinçi örinda.
Bu ikki jamoa 13 aprel kuni guruhdagi 6-tur uçraşuvini ötkazişadi va şu bilan guruh bahslari yakunlanadi hamda yakuniy jadval yuzaga keladi.












