Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini nokaut qildi. Uzbek Tigers muddatidan oldin g‘alabaga erishdi
Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining to‘rtinchi jangi bo‘lib o‘tdi.
-81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan «Venezuela Caciques» vakili Nalek Korbaj o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyevga qarshi ringga ko‘tarildi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jangda hakamlar qaroriga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev muddatidan avval g‘alaba qozondi.
Bu jangdan so‘ng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 1:3 ko‘rinishini oldi.


Ma'lumot uchun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar O‘zbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay, C2 jamoasi o‘yinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Termiz shahrida C1 jamoasining barcha janglarida Uzbek Tigers bokschilari raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq g‘alabaga erishgandi.
Mavzuga oid
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025