09:40 / 20.05.2017
21152

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni avtohalokatda vafot etdi

Foto: Cortesía

Meksikalik bokschi David Sanches o‘z ukasi bilan YTH natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Meksikaning Ermosilo shahri hokimiyatining Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.

Hodisa sportchining ona shahri – Sonoreda yuz berdi. Mashinada David bilan birga uning ukasi Jonatan Sanches ham bo‘lgan, u ham halok bo‘ldi.

Sanches WBA yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi eng yengil vazn toifasida “vaqtinchalik” jahon chempioni kamariga egalik qilgan (2014 yilning yanvaridan 2015 yilning sentabriga qadar).

Shundan so‘ng u yengil vazn toifasiga o‘tib, to‘rtta jangda ishtirok etdi. Sanches so‘nggi bor ringga 2017 yilning aprelida chiqdi. Meksikalik Viktoriano Nunes bilan g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Jangda David ustun kelgan.

Mavzuga oid
Top