Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi prezidentlik saylovlarida Ruhoniy yetakchilik qilmoqda
Foto: 24.kz
Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy prezidentlik saylovlarida 37 mln ta ovoz hisob-kitob qilingandan keyin yetakchilik qilmoqda.
Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, Ruhoniy 21,6 mln ovoz, yana bir nomzod Ibrohim Raisiy 14 mln ovoz to‘plagan.
"Barchasi tugadi, Ruhoniy yutdi", deb aytgan agentlik manbasi va 4 mln ta ovozni hisob- kitob qilish qolganini ta'kidlab o‘tgan.
Avvalroq Eron ichki ishlar vazirligida saylovlardagi davomat 70 foizni tashkil qilgani, ya'ni 40 mln ga yaqin saylovchi ovoz bergani ma'lum qilingan.
Ushbu lavozim uchun 4 nomzod: prezident Hasan Ruhoniy, Ibrohim Raisiy, Mustafo Hoshimi Toba hamda Mustafo Og‘a Mirsalim kurash olib borishdi.
Eronda o‘tgan ushbu saylovlar 12-sonlisi bo‘ldi.
Ruhoniy 2013 yildan beri Eron prezidenti hisoblanadi. Avvalgi saylovlarda unga 18 mln eronlik ovoz bergandi.
Mavzuga oid
19:20
O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharq mamlakatlariga parvozlar vaqtincha to‘xtatildi
17:53
FT: Isroil razvedkasi Ali Xominaiyni buzib kirilgan kameralar orqali kuzatgan
15:26
«Urushni biz boshlamadik». AQSh va Isroil rahbarlari urushning maqsad va istiqbollari haqida nima demoqda?
15:18