Jahon | 15:51 / 21.05.2017
7362
2 daqiqa o‘qiladi

Anqarada hukmron partiya yig‘ilishi, Erdo‘g‘an 998 kun o‘tib yana rahbarlikka qaytadi

Foto: Anadolu

Turkiya poytaxtida Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdan tashqri III s'yezdi boshlandi.

Bugun tongda partiyaning minglab delegatlari turli hududlardan kelib, Anqaradagi sport komleksiga yig‘ilgan. Ular Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk, hozirgi prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda bosh vazir Binoli Yildirim suratlari tushirilgan liboslar kiyishgan.

Erdo‘g‘an rafiqasi Emine Erdo‘g‘an bilan birga delegatlarni qutlashga chiqqan.

Turkiya rahbari salonga Binoli Yildirim hamrohligida kirib kelgan.

998 kunlik tanaffusdan keyin Erdo‘g‘an partiya rahbarligiga qaytmoqda

Adolat va Taraqqiyot partiyasining ushbu s'yezdi yakunida Rajab Toyib Erdo‘g‘an yana partiya rahbarligiga qaytishi kutilmoqda.

Erdo‘g‘an o‘z partiyadoshlarini 2014 yilning 27 avgustida tark etgan, bunga u mamlakat prezidentligiga saylangani zarurat tug‘dirgandi. O‘sha vaqtdagi konstitutsiyaga ko‘ra, prezident bir vaqtning o‘zida siyosiy partiya rahbari bo‘lishi mumkin emasdi.

Shundan so‘ng, partiyaga bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘li rahbarlik qila boshladi.

2016 yilning 22 mayida partiyaning II s'yezdida Binoli Yildirim partiya rahbarligiga va bosh vazirlikka saylandi.

2017 yilning 16 aprel kuni mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumdan keyin Erdo‘g‘an partiya rahbarligiga qaytishi mumkin bo‘lib qoldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid