Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi tashkilotining yubiley sammiti boshlanmoqda
Istanbulda 21-22 may kunlari Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi tashkilotining (QDIHT) 25 yilligi munosabati bilan yubiley sammiti bo‘lib o‘tadi.
21 may kuni QDIHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, 22 may kuni esa tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlari va bosh vazirlari uchrashadilar.
Sammit ishtirokchilari – QDIHTga a'zo davlatlar vakillari, sektoral muloqot bo‘yicha hamkorlar va turli xalqaro tashkilotlar vakillari mintaqaviy iqtisodiy masalalarni muhokama qilishadi. 22 may kuni QDIHTga a'zo davlatlar yetakchilari tomonidan tayyorlangan kommyunike qabul qilinadi.
QDIHT hukumatlararo tashkilot bo‘lib, Qora dengiz bo‘yi va Janubiy Bolqonda joylashgan 12 ta davlat: Albaniya, Armaniston, Bolgariya, Gretsiya, Gruziya, Ozarboyjon, Moldova, Rossiya, Ruminiya, Serbiya, Turkiya va Ukrainani o‘z ichiga oladi. 1992 yilda tashkil topgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026