Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyoti banki prezidenti bilan uchrashdi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni Islom taraqqiyoti banki prezidenti Bandar Hojar bilan uchrashdi. Uchrashuv Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tomonlar O‘zbekiston va ITB o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv vaqtida hamkorlikni yanada rivojlantirish, uni yangi darajaga ko‘tarish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd qilindi. Yangi loyihalarni tayyorlash, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish maqsadida turli darajadagi delegatsiyalar bilan almashish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqishga qaror qilindi.
Tomonlar, shuningdek, ITBning Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida insoniyatning taraqqiyoti uchun bebaho hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy ma'naviy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etishdagi ishtiroki istiqbollari haqida fikrlar almashdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston va ITB o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston hukumati va ITB o‘rtasidagi Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini yaratish haqidagi hamfikrlik Memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
14:02 / 26.12.2025
O‘zbekiston asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi
11:40 / 26.12.2025
Prezident: “Sharq va G‘arb o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini quryapmiz”
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025