Amerikalik "Titanik"dagi plagiat uchun Jyeyms Kemerondan 300 million dollar talab qilmoqda

Foto: AP
AQSh fuqarosi Stiven Kammings rejissyor Jyeyms Kemeronni "Titanik" filmidagi "plagiat" uchun sudga berdi. U 300 million dollar miqdoridagi kompensatsiya talab qilmoqda. Daily Mail shu haqida xabar berdi.
Kammingsning so‘zlariga ko‘ra, Kemeron Leonardo DiKaprio ijrosidagi Jyek Douson qahramonini yaratish uchun uning oilasiga tegishli 30 yillik tarixni "o‘g‘irlagan". Uning ta'kidlashicha, 1988 yilda Brevardda Kammings do‘stlari bilan suhbatlashgan bir paytda rejissyor ularni eshitib qolgan.
1912 yilning 15 aprelida "Titanik" cho‘kishi natijasida 1,5 mingdan ziyod kishi halok bo‘lganini hisobga olsak, buni noyob hikoya deb bo‘lmaydi, deb yoziladi nashrda.
Kemeron hozircha mazkur voqea yuzasidan hech qanday izoh bermadi.
Bu rejissyor duch kelayotgan birinchi ayblov emas. Masalan, 2010 yilda u "Avatar"ning plagiati borasidagi ayblovlarni inkor etishiga to‘g‘ri kelgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi
Jahon | 12:04
-
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?
O‘zbekiston | 11:55
-
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi
Jahon | 11:31
-
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:29
Mavzuga oid

23:28 / 25.03.2025
“Titanik”dan “Kursk”kacha – eng yirik kema halokatlari

00:43 / 13.09.2024
Alyaskada kruiz kemasi ulkan muz bo‘lagi bilan to‘qnashib ketdi

21:20 / 16.03.2024
Afsonaviy «Titanik» kemasining aniq nusxasi quriladi

18:24 / 11.10.2023