22 davlat tomonidan imzolangan qöşma bayonot 11 iyun kuni e’lon qilindi. Unda Eronning boşqa davlatlar hududida amalga oşirilayotgan operatsiyalari milliy suverenitet va xalqaro huquq me’yorlariga tahdid solayotgani ta’kidlangan.

Bayonot mualliflari qatorida Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Avstraliya, AQŞ, Niderlandiya, Şvetsiya, Norvegiya, Belgiya, Daniya, Finlyandiya va boşqa davlatlar bor.

Qöşma murojaatda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi hamda uning xorijiy operatsiyalar uçun mas’ul bölgan «Al-Quds» bölinmasi eronlik muxolifatçilar, jurnalistlar va yahudiy jamoalariga qarşi turli xil hujumlar va yaşirin operatsiyalar bilan şuğullanayotgani qayd etilgan.

Şuningdek, Yevropa böylab sodir etilgan qator hujumlar Eron bilan aloqador deb hisoblanayotgan guruh faoliyati bilan boğlanmoqda. Mazkur taşkilot avvalroq Buyuk Britaniya, Belgiya va Niderlandiyadagi yahudiy jamoalariga qarşi hujumlar hamda sinagogalarga öt qöyiş holatlari uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olgan edi.

Bayonot mualliflari Eronni boşqa davlatlar hududidagi har qanday zöravonlik, ta’qib va maxfiy operatsiyalarga çek qöyişga çaqirib, bunday harakatlar xalqaro munosabatlarda qabul qilib bölmaydigan amaliyot ekanini ta’kidladi.