1912 yil 15 aprelga ötar tunda Atlantika okeani şimolida suzayotgan “Titanik” kemasi aysbergga urilib, çökib ketadi. Kemada bölgan odamlarning bir qismi qutqariladi, qolganlar halok böladi. Tirik qolganlar orasida kema öt yoquvçisi bölib işlagan şaxs ham bor edi. Qiziği, şu odam  “Titanik”dan avval va keyin bir neçta kemada işlagan, ular yo avariya bölgan yoki halokatga uçragan.

Insoniyat kemani ixtiro qilib suvda suza boşlagaç, juda köplab kemalar çökib ketgan. Bunday holat hozir ham davom etmoqda. Biroq omma hamma çökkan yoki halokatga uçragan kemalar haqida ham ma’lumotlarga ega emas.

Kema halokatlari tarixida eng maşhur hodisa “Titanik” kemasining çökib ketgani hisoblansa, ajab emas.

“Titanik” kemasi va uning çökişi haqida filmlar, hikoyalar köp. Ammo unda öt yoquvçi bölib işlagan şaxs va uning kema halokatiga aloqasi haqida deyarli gapirilmaydi.

Xöş, “Titanik”ning oddiy öt yoquvçisi Artur Jon Prist kim bölgan?

Tuğma öt yoquvçi

Artur Prist 1887 yilda Angliyaning Sautgempton şahrida oddiy işçi oilasida tuğiladi. Pristlar oilasi serfarzand bölib, ularning 12 nafar farzandi bölgan.

Artur ulğaygaç, 1915 yilda Enni Martin ismli ayolga uylanadi va ular uç nafar öğil farzandli bölişadi. Oila Sautgempton şahrida yaşaydi.

U uylanişidan avval, 1907 yilda “Asturiya” kemasiga öt yoquvçi bölib işga kiradi. Bu kemada jami 27 kişi öt yoquvçi guruhida işlagan.

Kemada öt yoquvçilik kasbida işlaş juda qiyin bölgan. Öt yoquvçilar mudom issiq haroratda mehnat qilgan. Şu jumladan, Arturning ham vazifasi oğir bölgan. Biroq u matonat bilan mehnat qilişda davom etadi.

Artur öz faoliyati davomida bir neçta kemada işlaydi va ularning barçasi yo halokatga uçraydi yoki avariya böladi. “Asturiya” ularning birinçisi edi. Quyida ular haqida hikoya qilamiz.

“Asturiya”