Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May boshida vafoti e'lon qilingan Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosarining o‘limi sababi ma'lum qilindi
3 may kuni vafoti e'lon qilingan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Botir Ereshovning o‘limi sababi ma'lum qilindi. Ta'kidlanishicha, Ereshov o‘zini osish orqali joniga qasd qilgan. Bu haqda 21 may kuni "Xronika Turkmenistana" mustaqil veb-sayti ma'lum qilgan.
52 yoshli Ereshovning o‘limi haqida 3 may kuni ma'lum qilingan. "Turkmaniston-Oltin asr" davlat axborot agentligi Ereshovning bevaqt o‘limi yuzasidan ta'ziyanomani chop etgan. Biroq Ereshovning o‘limi sababi ma'lum qilinmagandi. Ta'ziyanoma Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov boshchiligida hukumatning bir guruh a'zolari tomonidan imzolangan bo‘lgan. Ta'ziyanoma marhumning qisqacha biografiyasi ko‘rinishida bayon qilingan bo‘lib, unda Ereshov qobiliyatli rahbar, yuqori malakali mutaxassis va olijanob odam deb atalgan.
Ereshov 2014 yil iyulidan bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan.
Saytning ma'lum qilishicha, Ereshov sanoatni nazorat qilgan. Taxmin qilinishicha, u Turkmanistondagi aksilkorruptsion kampaniya davomida qo‘zg‘atilgan ishlardan birining figurantiga aylangan bo‘lishi mumkin. Uning o‘g‘li aprel oxirida hibsga olingandi.
Ta'kidlanishicha, Ereshov ajdodlari dafn qilingan O‘zbekistonning Buxoro viloyatidagi qabristonlardan biriga ko‘milgan.
Mavzuga oid
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025