Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya yadro energetikasidan voz kechmoqda
Ko‘plab davlatlar hanuz «tinch atom»ning afzalliklaridan voz kechishga ikkilanib turgan bir paytda, shveysariyaliklar o‘z davlati ravnaqi uchun muhim qadamni bosishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovlarda shveysariyaliklarning aksariyati muqobil energiya manbalarini rivojlantirish uchun davlat yadro dasturini tugatishni yoqlab ovoz berishdi. Shveytsariya ayni paytda o‘zida mavjud beshta atom elektr stansiyasidan jami sarflayotgan energiyasining uchdan bir qismini oladi. Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) statistikasiga ishonadigan bo‘lsak, bugungi kunda jahonda jami 450 ta yadro reaktori faoliyat ko‘rsatmoqda va u umumjahon energiya iste'molining bor-yo‘g‘i 3 foizinigina qoplaydi.
Yadro energetikasidan voz kechish Shveytsariya uchun oson bo‘lmaydi, chunki mamlakat tabiiy resurslarga aslo boy emas. Ayni paytda davlatning iste'mol qilayotgan energiyasining katta qismini (60 foizini) gidroelektrostansiyalar qoplamoqda. Muqobil manbalar esa hozircha energiyaning umumiy hajmidan 8 foizini ishlab chiqarishda yordam bermoqda.
2011 yilda — Yaponiyaning «Fukushima-1» reaktorida uch energiya blokining erishiga sabab bo‘lgan falokat yuz bergach, Shveytsariyada ham yadro energetikasidan voz kechish haqida gap-so‘zlar urchib qolgan edi. Yaponlar bu dahshatli falokat oqibatlarini qanday bartaraf etishni hanuzgacha bilishmayapti. Shveytsariyaliklar voqeaning bunday tus olish ehtimolidan juda qo‘rqib qolishgan, shu sababli so‘rovda qatnashganlarning 58 foizi yadro energetikasi qurilmalaridan foydalanishni bas qilishni yoqlab ovoz berishdi.

Energetikaning yadro sektorini qisqartirish dasturi 2018 yilning yanvaridan boshlanishi mo‘ljallanmoqda. Bir necha yillardan buyon atrof-muhit muhofazasi uchun o‘z qonun loyihalarini ilgari surib kelgan Yashillar partiyasi vakillari Shveytsariya fuqarolarining bu qaroridan ayniqsa xursand bo‘lishdi. Yadro reaktorlaridan voz kechishga qarshi bo‘lganlar esa, aksincha, mo‘ljalni bu qadar keskin o‘zgartirish mamlakat iqtisodiyotini larzaga solishini aytib kelishmoqda. Olimlar ham ushbu masala yuzasidan o‘z pozitsiyasiga ega. Ulardan ba'zilari ekologik tozalik va samaradorlik nuqtai nazaridan muqobil energiya manbalari yadro energiyasidan yaxshiroq emas, ba'zi o‘rinlarda unga yutqazadi ham, deya hisoblamoqda.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026