Jamiyat | 10:18 / 22.05.2017
10226
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘qishga olib kirib qo‘yishni va'da qilib, 18 ming dollar olgan firibgar aniqlandi

Toshkent shahrida firibgarlik jinoyati aniqlandi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yil 19 aprel kuni soat taxminan 17:30 da, fuqaro Babamuratov Rahim Safarovich, o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Shayxontohur tumani hududida bo‘la turib, fuqaro “Xusainov”ni aldab, uning qizi “Xusainova”ni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga va jiyani “Bakiyeva”ni Navoiy davlat pedagogika universitetiga o‘qishga olib kirishni va'da qilib, 18.000 AQSh dollari miqdorda pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmay, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan 2017 yilni 15 may kuni, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.S.Babamuratovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Babamuratov Rahim Safarovich

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid