Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Eron Obamadan minnatdor bo‘lishi kerak
Eron Barak Obama boshchiligidagi AQShning avvalgi ma'muriyatiga Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha "fantastik shartlar" uchun minnatdor bo‘lishi kerak. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Quddusdagi uchrashuvda bildirdi.
"Eron AQShning avvalgi ma'muriyatiga juda minnatdor bo‘lishi kerak, chunki ular mutlaq fantastik bitim shartlariga erishishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq ular minnatdor bo‘lib, "rahmat" deyish o‘rniga bizga tashlanishni davom ettirmoqdalar. Biz ularga iqtisodiy farovonlikni qurishga imkoniyat berdik, biroq o‘zimiz qayerga keldik?", deb savol bilan yuzlandi Tramp.
"Biz yaqin sharqda keskinlikning kamayganini ko‘rmayapmiz. Suriya, Yaman, biz har yerda zo‘ravonlik alomatlarini ko‘rmoqdamiz va bu zo‘ravonlik aksariyat hollarda Eron tomonidan yuzaga keltirilgan. Mana Eron "rahmat" deyish o‘rniga nima qilmoqda. AQSh bu bitimga borganining o‘zi dahshat", deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Mavzuga oid
22:16
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:15
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:35