Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Saudiya Arabistoni qiroli ekstremizmga qarshi kurashish markazini ochishdi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud 21 may kechki payt Ar-Riyodda Ekstremistik mafkuraga qarshi kurashish xalqaro markazini (The Global Center for Combating Extremist Ideology, GCCEI) ochishdi. Bu markaz zamonaviy texnologiyalar yordamida ekstremizmga qarshi kurashadi, deb xabar bermoqda "Al-Arabiya" telekanali.
Jumladan, telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Ar-Riyoddagi markaz terrorchilarning internetdagi faoliyati, ekstremizm targ‘iboti va terrorchilik tashkilotiga ergashuvchilarning yollanishini kuzatadi hamda diniy ta'limot va osoyishta yashash kerakligi haqidagi elektron nomalar orqali ekstremistik mafkuraga qarshi kurashadi.
AQSh, arab va musulmon davlatlari yetakchilari Saudiya Arabistoni poytaxtida o‘tgan sammitda birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan terrorchilikning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashish zarurligini tasdiqlashdi va terrorchilikdan birinchi navbatda musulmonlar jabr ko‘rayotganini ta'kidlab o‘tishdi.
Tramp Saudiya Arabistoniga safari davomida qirol Salmonni AQShga kelishga taklf etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildi.
Tramp o‘zining ilk xorijiy turnesi davomida 20 may kuni birinchi bo‘lib Saudiya Arabistoniga keldi. Tramp bu mamlakat yetakchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlardan tashqari, 6 ta arab qirolliklari rahbarlari hamda arab va musulmon davlatlari yetakchilari ishtirokidagi ikkita sammitda ishtirok etdi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026