Jamiyat | 19:10 / 22.05.2017
9311
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Kaliforniya qirg‘og‘idagi bandargohga kit adashib kirib qoldi

Foto: The Sun

Kaliforniyaning Ventura shahridagi bandargohga 12 metrli bukri kit kirib qoldi va okeanga qaytib chiqish yo‘lini topa olmadi. Ko‘ngillilar va sohilni qo‘riqlash xizmati xodimlari hayvonni deyarli butun kecha davomida qutqarishga urinishgan, deb xabar bermoqda KABC-TV.

Ma'lum bo‘lishicha, sohilni qo‘riqlash xizmati patruli kitni 20 may kuni, soat kunduzgi uchlarda payqab qolgan. Hayvon bog‘lab qo‘yilgan qayiqlar yonida suzib yurgan. Bundan tashqari, kit doklarda turgan kemalardan biriga borib urilgan.

«Bu juda g‘ayritabiiy holat edi. Biz muammoga duch kelgan hayvonga ro‘para keldik, ammo unga yordam berish imkoniga ega emasdik», - deya ma'lum qildi shahar porti egasi Jon Higgins.

Sohilni qo‘riqlash xizmati xodimlari va ko‘ngillilar bir necha soat davomida kitni okeanga qaytib chiqarish borasida tinimsiz harakat qilishdi. Ular maxsus yozib olingan tovushlardan ham foydalanishdi. Natija taktika ish berdi, 21 may kuni ertalab kit bandargohdan chiqish yo‘lini topdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid