14:24 / 24.05.2017
4823

22 may kuni Toshkentda 4 ta YTH ro‘y berdi, 16 nafar mast haydovchi aniqlandi

Foto: "Kun"

2017 yilning 22 may kuni Toshkent shahri hududida 4 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 5 nafar shaxs tan jarohati olgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Shuningdek, 2017 yilning 22 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2051 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 716 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 16 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etadi. 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 22 may kuni jami 944 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 473 tasini svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 471 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etadi.

 

Top