Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda havoga ko‘tarilayotgan yo‘lovchi samolyotining dvigateli yonib ketdi
United Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilish vaqtida dvigateli yonib ketdi. Shu sababli samolyotdagi barcha odamlar evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda CBS New York telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Boeing 757 samolyoti Nyu-Jyersidagi Nyuark Liberti xalqaro aeroportidan San-Frantsiskoga uchmoqchi bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, samolyot bortida 124 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, samolyotning o‘ng tomonidagi dvigatel yonib ketgan.
Ushbu voqeani aviakompaniya vakili Jonatan Gerin ham tasdiqlagan. "Ekipaj alangani ko‘rib, samolyotni ortga burgan va u qo‘ngandan keyin odamlar evakuatsiya qilingan", deb aytgan Gerin va dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida bir kishi kichik jarohat olganini ma'lum qilgan.
Voqea sababli aeroportdagi barcha yerdagi operatsiyalar vaqtinchalik to‘xtatib turilgan.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026