00:10 / 24.05.2017
18726

Haftaning har chorshanbasi yong‘in profilaktikasi kuni deb belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Ichki ishlar organlarining Yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi. 

Ushbu hujjatga muvofiq yong‘in xavfsizligini barcha darajada ta'minlashga doir faoliyatni takomillashtirish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli obektlar va hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi. 

Yuqorida qayd etilgan mansabdor shaxslar har chorakda o‘zlariga qarashli obekt va hududlardagi yong‘inga qarshi holatni tanqidiy tahlil qilishi zarurligi belgilandi. 

Qarorda haftaning har chorshanba kuni yong‘in profilaktikasi kuni deb belgilandi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatiga quyidagi asosiy vazifalar yuklandi:

- barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda yuz bergan katta yong‘inlar sabablari va ularning paydo bo‘lishiga olib kelgan chuqur va tanqidiy tahlil qilish va ushbu tahlil yakulari bo‘yicha yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan yo‘l xaritalari tasdiqlanadi;

- davlat ahamiyatiga ega alohida obektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek yong‘in taktik o‘quv mashg‘ulotlar va ushbu obektlar rahbarlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishga doir kompleks tadbirlar o‘tkazish;

- markaziy va viloyat telekanallarida yong‘inlar bilan bog‘liq hodisalarni yoritish bo‘yicha maxsus axborot ko‘rsatuvlarini, shuningdek yong‘in sodir bo‘lgan joylardan va ularni barataraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida tezkor reportajlar tayyorlab, efirga uzatish;

Mazkur qarorga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari huzurida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiyalar tashkil etilishini alohida ta'kidlash zarur. 

Mavzuga oid
Top