Jamiyat | 00:39 / 24.05.2017
8784
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada jarimalarni sud tartibida undirish bo‘yicha qo‘shma tadbir o‘tkazildi

Sud departamentining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusiga ko‘ra, joriy yilning 19-20 may kunlari sud ijrochilarining Farg‘ona, Qo‘qon va Marg‘ilon shahar bo‘limlarida IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu qo‘shma tadbir davomida elektron tarzda taqdim etiladigan foto va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari bilan qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun 268 nafar fuqaroga qo‘llanilgan 133,9 mln so‘mlik jarimalarni undirilishi hamda qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashdan bosh tortgan 76 nafar fuqaroga tegishli avtotransport vositalarini tegishli jarima maydonlariga olib kirilishi ta'minlandi.

Hozirgi kunda Sud departamentining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamda sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlarida mazkur turdagi ijro hujjatlarini ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli ijro harakatlari amalga oshirilishi davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid