Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu Rossiya, AQSh va Xitoy armiyasi xarajatlarini taqqosladi
AQSh hukumati armiya ehtiyojlari uchun Rossiya rahbariyatiga nisbatan 11 karra ko‘p mablag‘ sarflaydi. Bu haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Bizning mudofaa xarajatlarimiz Qo‘shma Shtatlarga nisbatan 11 karra kam. Xitoyga taqqoslaganda esa, xarajatlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi. AQShda bir harbiy askar uchun sarflanadigan mablag‘ 510 ming dollarni tashkil qiladi, Buyuk Britaniyada - 377, Xitoyda - 170, bizda esa - 54", - deydi u.
Shuningdek Shoygu so‘nggi yil davomida Rossiya NATO bloki mamlakatlari bilan siyosiy paritetga erishishga muvaffaq bo‘lganini ta'kidladi.
Bundan avvalgi bayonotida Shoygu Suriya, Koreya yarimoroli va Ukrainani Rossiya uchun strategik muhim ahamiyatga ega hududlar sifatida e'tirof etgan edi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026