Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qatnovchi poyezd chiptalari narxi yanada arzonlashadi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qatnovchi poyezd chiptalari narxi yanada arzonlashadi, deb xabar berdi Tengrinews.kz "Passajirskiye perevozki" AJ matbuot xizmatiga asosan.
"Yo‘lovchilar talabini qondirish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Qozog‘iston orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro qatnov bo‘yicha chiptalar sotish muddatiga qarab chegirmalar kiritilmoqda", - deya xabar berishgan kompaniyada.
Chegirmalar 2017 yilning 27 may kunidan 28 dekabr kuniga qadar amal qiladi.
Kupe vagonlari va birinchi klassdagi vagonlar uchun:
- 45 foiz – chipta poyezd yo‘lga chiqishidan 45-31 sutka avval xarid qilinsa;
- 35 foiz – chipta poyezd yo‘lga chiqishidan 30-6 sutka avval xarid qilinsa.
Platskart vagonlari uchun:
- 35 foiz – chipta poyezd yo‘lga chiqishidan 45-31 sutka avval xarid qilinsa;
- 25 foiz – chipta poyezd yo‘lga chiqishidan 30-6 sutka avval xarid qilinsa.
"Ko‘rsatilgan chegirmalar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya o‘rtasidagi xalqaro qatnovda qo‘llaniladi va davlat ichidagi qatnovga chiptalar rasmiylashtirishda amal qilmaydi (bir mamlakat doirasida), shuningdek, yo‘lovchilarning tashkillashtirilgan guruhlari uchun qo‘llanilmaydi", - deya ta'kidlab o‘tishgan "Passajirskiye perevozki" AJda.
Mavzuga oid
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026